Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:16
LoginA'zo bo'lish
Navoiyda kommunal xizmatlar uchun aholidan undirilgan pullar talon-toroj qilindi

 27 APREL, 09:55 65

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat “Yagona hisob-kitob markazi” murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.K.” XUJMSh rahbari X.Q. va boshqalar shirkat tomonidan ko'rsatilgan kommunal xizmatlar uchun shirkatga qarashli 17 ta ko'p qavatli uyda yashovchi aholidan 2020 yilda uy-joy kommunal xizmati uchun yig'ilgan 201,5 mln so'm naqd pullarni o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™