Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:58
LoginA'zo bo'lish
“Chiroyli” mobil raqam uchun pul olganlikda gumonlanuvchilar aniqlandi

 27 APREL, 09:25 33

.

Mirobod tumani ichki ishlar organlariga 38 yoshli Mizrab Sh. murojaat qildi. Uning so'zlariga ko'ra, 19 mart kuni noma'lum shaxs o'zini uyali aloqa kompaniyasi operatori sifatida tanishtirib, Mizrobga raqam xarid qilishni, pulini esa plastik kartasiga ko'chirishni taklif qilgan. Uning gapiga ishongan Mizrob 2.400.000 so'm ko'chirgan. Noma'lum shaxs sim-kartani 22 mart kuni olib borishini va'da qilgan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan. Ko'rilgan choralar natijasida jinoyatda gumonlanuvchilar - 16 yoshli S.X., A.K., U.Sh. va Sh.N.lar qo'lga olindi. Tergov davom etmoqda, bu qilmish o'smirlarning o'zlarining tashabbuslari bilan yoki boshqa odamning rahbarligida amalga oshirilgani tekshiriladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™