Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:16
LoginA'zo bo'lish
Eski namunadagi pullarni muomaladagi pullarga almashtirishning oxirgi muddati esingizdami?

 27 APREL, 05:55 85

.

200 so'mlik va 500 so'mlik banknotlar (qog'oz pullar)ni muomaladagi pullarga almashtirishning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvarga qadar etib belgilangan.

Markaziy bank tomonidan, 2020 yil 1 iyuldan 200 so'mlik va 500 so'mlik banknotlar (qog'oz pullar) qonuniy to'lov vositasi sifatida o'z kuchini yo'qotganligi, ularning o'rniga 200 va 500 so'mlik tangalar doimiy ravishda muomalaga chiqarib borilayotgani ma'lum qilingan edi. Shuningdek, 200 va 500 so'mlik banknotlarni bank kassalarida almashtirib olish muddati aholining talab va ehtiyojini o'rgangan holda uzaytirilgani haqida axborot berilgan edi.

Markaziy bank boshqaruvining 2021 yil 9 yanvardagi yig'ilishida eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so'mlik banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati – 2022 yil 1 yanvar etib belgilash to'g'risida qarori qabul qilingan.

Qarorga binoan, fuqarolar eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so'mlik tangalar va banknotlarni 2022 yilning 1 yanvariga qadar Markaziy bankning joylardagi Hisob-kitob kassa markazlarida muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishlari mumkin.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™