LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 00:57
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Britaniyalik olimlar superkompyuterni ishga tushirdi
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 08:00 / KO'RILDI: 21

O'tgan hafta Manchesterda sayyoradagi eng kuchli neyromorfik superkompyuter o'z faoliyatini boshladi. Manchester universiteti mutaxassislari 2006 yildan buyon uning ustida ishlayotgandi. Gigant yagona maqsad – inson ongi vazifasini takrorlash, ommaviy parallel ma'lumotni qayta ishlash uchun yig'ilgan. Ushbu funktsiyani texnik qayta ishlab chiqarish olimlar duch kelgan asosiy muammolardan biri bo'ldi. Superkompyuter bir millionta protsessor yadrosidan iborat va bir soniyada 200 trillionta operatsiyani bajarishga qodir. Bu kuch impuls neyron tarmog'i orqali nazorat qilinadi – bugungi kunda u eng rivojlangan va fiziologik nuqtai nazardan realistik sun'iy aql texnologiyasi. Manchester universiteti ishlab chiquvchilaridan biri Stiv Fyorberning so'zlariga ko'ra, ularning avlodlari odatiy kompyuterlarning ishlash tamoyilini takrorlaydi: “Aslida biz an'anaviy kompyuter emas, inson miyasi kabi yuqori bosqichda ishlaydigan mashinani yaratishga muvaffaq bo'ldik – bu juda qiziqarli voqea”. Kompyuter sakson ming neyronning neyrokorteks modeli yaratilishi uchun allaqachon ishga tushirilgan. Murakkab landshaftda harakatkanish uchun vizual ma'lumotni qabul qila oladigan robotni boshqarish ham unga topshirilgan. Shunga qaramasdan, barcha imkoniyatlarga ega bo'lgan zamonaviy texnologiya mahsuli 100 mlrd neyronga ega inson miyasi potentsialining bir foiziga to'g'ri keladi.

Manba: zamin.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!