Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:54
LoginA'zo bo'lish
Turkiya 17 maygacha to'liq lokdaun holatiga o'tishini e'lon qildi

 27 APREL, 05:30 82

.

Koronavirus epidemiyasi avj olgani sababli Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha to'liq lokdaun joriy etiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an e'lon qildi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

Turkiyada bu davr mobaynida:

shaharlararo qatnovlar cheklanadi; maktablarda qatnab o'qish to'xtatiladi; jamoat transportida yo'lovchilar sig'imi 50 foizdan oshirilmaydi; aksariyat muassasalar yopiladi.

Qayd etilishicha, cheklovlar 29 aprel kuni soat 19:00dan boshlab kuchga kiradi va 17 may kuni 05:00da yakunlanadi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog'liq holatlar soni 4,6 milliondan oshgan, jami o'limlar soni 38,7 mingga etgan. O'tgan sutkada 37,3 ming kishida koronavirus aniqlangan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™