Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:09
LoginA'zo bo'lish
30 yoshli ayolni Turkiyaga fohishalikka jo'natayotgan ayol qo'lga olindi

 27 APREL, 04:15 72

.

Bugun jamiyatimizda ayollar va xotin-qizlarga shu qadar keng imkoniyat va sharoit yaratilmoqdaki, pirovard maqsad, ayollarning teng huquqliligi hamda manfaatlarini mustahkam himoya qilishdir. Ayol avvalo ona, mana shu buyuk tushuncha oldida har doim bosh egamiz, ta'zimdamiz. Ayol iffat ramzi, ibo-hayosi bilan bir qo'lda beshik tebratgan bo'lsa, bir qo'lda dunyoni tebratgan. Qo'yinki ayol uchun qancha ta'rif bersak shuncha oz. Ammo bugun aytmoqchi bo'lganimiz iffat va vijdon pardasini harom pul evaziga sotishga chog'langan qo'shtirnoq ichidagi  ayollar haqida. Joriy yilning 24-mart kuni Navoiy viloyati IIBga kelib tushgan tezkor ma'lumotga asosan Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi “Go'zal ” tahallusi bilan o'z hamtovoqlari ichida yaxshigina nom qozongan fuqaro viloyat hududida yashovchi qizlarni shahvoniy maqsadda ishga taklif qilish orqali ularni Turkiya davlatiga yuborishni ko'zlab yurganlik holati aniqlandi.   Joriy yilning 11 aprel kuni Viloyat IIB  TvaEQKB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida “Go'zal ” g'arazli va past niyatlarda shahvoniy maqsadlarni ko'zlab Qiziltepa tumani Saroy MFYda yashovchi, 1991 yilda tug'ilgan fuqaro K.Tni Qirg'iziston Respublikasining Bishkek shaxri orqali Turkiya davlatiga olib ketib foxishalikka yollash maqsadida, Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Madaniyat” xalqaro chegara o'tkazish punkti orqali olib o'tib ketmoqchi bo'lgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi va tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirildi.  Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™