Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:47
LoginA'zo bo'lish
Pasxa orolidagi haykallar ostida nima yashiringan?

 26 APREL, 21:55 125

.

Asrlar davomida Pasxa orolidagi sirli butlarning boshlari ostidagi erda xazina yashiringani haqida ko'plab ehtimollar mavjud bo'lgan. Shu kunga qadar bu taxmin odamlarni ma'lum qismini o'ylantirib kelgan.

Yaqinda Artnet News xabariga ko'ra, arxeologlar oroldagi maxfiy haykallar bo'yicha taxminlarga yakun yasash maqsadida butlarning erga qadalgan qismida qazish ishlari amalga oshirildi. Mutaxassislar xaykalga zarar bermaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi. Bo'yin qismini kavlash davomida haykallarning tana qismi ham borligi va haykallarning umumiy balandligi 3 dan 12 metrgacha bo'lganligi ma'lum bo'ldi.


Pasxa orolidagi haykallar ostida nima yashiringan? Bi-bi-si xabariga ko'ra, aksariyat olimlar haykallar faqat san'at uchun yaratilgan deb hisoblab kelishgan biroq, endi ma'lum bo'lishicha haykallarning ishlanishida biror maqsad bo'lgan. Aniqlanishicha, 11-16 asrlarda orol aholisi vulqon yonida o'rnatgan bu haykallar yonida sabzavot va mevalar yaxshiroq o'sishini payqashgan. Keyin mahalliy aholi orolning turli qismlarida erning hosildorligini oshirish maqsadida mingdan ortiq butlarni o'rnatganlar.


Pasxa orolidagi haykallar ostida nima yashiringan? Ushbu taxmin geologlar va tuproqshunos tomonidan haykallar yonidagi tuproqni tahlildan o'tkazganlaridan so'nggina olimlar tomonidan tasdiqlandi. Haykallar bazalt toshidan yasalgan. Bu turdagi toshlar erdagi kaltsiy va fosfor tarkibini ko'paytiradi – bu esa dehqonchilikning asosiy unsurlaridan biridir. Umuman olganda, tuproqshunos olim xulosa qilganidek, haykal o'g'it turidan boshqa narsa emas.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™