Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:31
LoginA'zo bo'lish
Bir turdagi vaktsinani olgan bemor keyingi bosqichlarda boshqa vaktsinani olishi mumkinmi?

 26 APREL, 21:05 74

.

Ushbu savoliga SSV qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi: — Yo'q, mumkin emas, koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanayotganlar qaysi vaktsinada emlanishni boshlagan bo'lsalar, shu vaktsina bilan barcha bosqichlarida emlanishlari kerak. Vaktsinalarni emlash tartibi (ya'ni 2 yoki 3 marta), ular har bir vaktsinada turlichadir, bu tartibning saqlanishi aynan shu vaktsina yordamida organizmda eng yuqori darajada antitanachalar hosil qilish imkoniyatini beradi. Biror vaktsinani ola boshlab, keyin ikkinchi vaktsina bilan emlansa, birlamchi olingan vaktsina to'liq olinmagan bo'lib, u samarasiz emlash deb baholaniladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™