Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:41
LoginA'zo bo'lish
Zamzam suvini filtrlash uchun eng so'nggi texnologiyalar ishlatiladi

 26 APREL, 20:40 66

.

Zamzam suvining sifati va xavfsizligi uchun sterilizatsiya sohasidagi eng so'nggi filtr qurilmalaridan foydalaniladi, bu haqida masjid ishlari raisligi xabar qildi.

Zamzam suvidagi bakteriya va viruslarni yo'q qilish, yuqori darajada sterilizatsiya qilishni ta'minlash uchun suv ultrabinafsha nurlaridan foydalanadigan zamonaviy sterilizatsiya tizimlaridan o'tadi.

Bir kilovatt elektr energiyasi 12000 gallon Zamzam suvini sterilizatsiyalashga, rang, ta'm va hidning izchilligini ta'minlashga qodir.

Takidlashlaricha, suvni Zamzam qudug'idan qazib olishdan boshlab, uni suv o'tkazgichdan o'tgazgungacha bir qancha tadbirlar amalga oshiriladi. Mutaxassislar guruhi jarayonning barcha bosqichlarini nazorat qiladi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar Makka shahridagi Masjidul Haromda ziyoratchilar va namozxonlarga kuniga 200 ming butilka  zamzam suvi tarqatishini aytdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™