Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:18
LoginA'zo bo'lish
Giyohvandlik vositasini olib o'tishning antiqa usuli fosh etildi

 26 APREL, 19:25 120

.

Mamlakatimizda giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo'lish va ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi milliy qonunchilik asoslari yaratilgan, shuningdek qonunbuzilish holatlari uchun javobgarlik belgilangan.


Bojxonachilar giyohvandlik vositasini olib o'tishni antiqa usulini fosh etishdi

Shunga qaramasdan, giyohvandlik vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo'lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.

Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti  xodimlari tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlari ham shular jumlasidandir.

Mazkur bojxona postiga piyoda tarzda kirib kelgan qo'shni davlat fuqarosi R.M.  belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o'tkazilganda, uning kurtkasining cho'ntagi ichida, to'q yashil rangli sof og'irligi 1,2 gramm bo'lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yurtimizga o'tayotgan qo'shni davlat fuqarosi Q.H. xolislar ishtirokida shaxsiy ko'rikdan o'tkazilganda, uning hamyoni ichki cho'ntagi ichida sof og'irligi 1,69 gramm bo'lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Navbatdagi ikki qonunbuzarni ham xuddi shunday qismat kutayotgan edi. Mamlakatimizga  mazkur post orqali kirib kelgan xorij fuqarolari M.H. va M.O. bojxona xodimlari tomonidan bojxona nazoratidan o'tkazilganda, ularning o'zlariga tegishli bo'lgan yondirgichning tag qismlariga yopishtirilgan holatda bo'lgan 0,17 gramm va 0,12 gramm “gashish” giyohvandlik borligi fosh etildi.

Hozir yuqoridagi holatlar bo'yicha bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™