Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:49
LoginA'zo bo'lish
Boks bo'yicha jahon chempioni bo'lgan o'zbekistonlik qizga Nexia-3 avtomobili sovg'a qilindi

 26 APREL, 16:55 85

.

26 aprel kuni O'zbekiston boks federatsiyasida o'zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan ilk sportchi Nigina O'ktamovani taqdirlash marosimi o'tkazildi. Bu haqda O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida unga maxsus sovg'a — Nexia-3 avtomobili hadya qilindi.

«Ushbu ko'rsatilgan e'tibordan benihoya xursandman. Bu mamlakatimizda sportga, hususan boksga qaratilayotgan katta e'tiborning samarasi. Biz yoshlarga ishonch bildirib, barcha sharoitlarni yaratib berayotganliklari uchun prezidentimizga, Turizm va sport vazirligiga, Milliy olimpiya qo'mitasi va albatta O'zbekiston boks federatsiyasiga minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi Nigina O'ktamova.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™