Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:15
LoginA'zo bo'lish
"Lasetti" haydovchisi bo'ysunmay, YPX xodimining ustiga mashinani haydadi

 26 APREL, 13:20 75

.

Joriy yilning 25 aprel kuni soat 13:45larda, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV YHXB YPX xodimi I.Iskandarov Nukus shahar dehqon bozori yaqinida xizmat olib borayotgan vaqtda "Lasetti" rusumli avtomobilni to'xtatgan va tekshiruv davomida yon oynalari tegishli ruxsatnomasiz qoraytirilganligini aniqlagan. Haydovchiga qoidabuzarligini tushuntirib transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirishini aytgan vaqtida haydovchi xodimga bo'ysunmasdan avtomobilni boshqarib, voqea joyidan ketib qolgan.

YPX xodimi holat yuzasidan YHXB boshlig'i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, qonuniy talabini bajarmasdan ketib qolgan haydovchiga tegishli chora ko'rilishini so'ragan.

Xodimning bildirgisi asosida holat o'rganilib, ketib qolgan haydovchi aniqlangan va belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™