Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:51
LoginA'zo bo'lish
“Jinoyat ishlari yurituvida dastlabki eshituv: O'zbekiston va Rossiya huquqni qo'llash amaliyoti mua

 26 APREL, 13:00 101

.

Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tomonidan O.E. Kutafin nomidagi Moskva davlat yuridik universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan xamkorlikda “Jinoyat ishlari yurituvida dastlabki eshituv: Uzbekiston va Rossiya huquqni qo'llash amaliyoti muammolari” mavzusidagi xalqaro o'quv-metodik seminari tashkil etildi. (Mazkur tadbir «Zoom» platformasi orqali o'tkazilib, bir vaqtni o'zida «YouTube» videoxostingi orqali jonli efir rejimida namoyish etilib bordi).

Seminarning asosiy maqsadi – O'zbekiston jinoyat ishlari bo'yicha sudlarida yangi bo'lgan dastlabki eshituv tartibini qo'llashning oqilona va optimal amaliyotini shakllantirish.

Tadbir davomida O'zbekiston sudyalari uchun Rossiya Federatsiyasi sud tizimining turli bo'g'in (birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instantsiyalari) va turli hududlari (Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Kemerovo, Vladivostok, Tomsk, Ekaterinburg, Saratov, Omsk, Irkutsk, Stavropol) sudyalari tomonidan Rossiya jinoyat ishlari bo'yicha sudlarida dastlabki eshituv institutini qo'llash amaliyoti, bu borada mavjud muammolar va ularni oqilona echimlari yuzasidan ma'ruzalar qilindi. 

Mazkur keng ko'lamli seminarning faxriy ishtirokchilari sifatida O'zbekiston, Qozog'iston va Rossiya Federatsiyasi jinoyat-protsessual fani – bir qator yirik ilmiy maktablari vakillari ishtirok etdilar.

Seminar ishida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Sudyalar oliy kengashi vakillari, barcha viloyatlar jinoyat ishlari bo'yicha sudlari sudyalari masofaviy tarzda hamda Toshkent shahar sudlari sudyalari markaziy studiyadan faol ishtirok etdilar.

Seminar ilmiy-amaliy maydoni kengligi O'zbekiston, Qozog'iston va Rossiya Federatsiyasi sud tizimlaridan 124 vakil –  amaliyotchi sudyalar va nazariyotchi olimlar ishtirok etishi bilan belgilandi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan O'zbekiston sud amaliyoti uchun yangi bo'lgan dastlabki eshituv institutini samarali qo'llash yuzasidan Rossiya va Qozog'iston tajribasi o'rganildi. Jumladan, O'zbekiston sudyalari  xorijiy sudyalar  bilan ochiq va konstruktiv muloqot orqali mazkur yangi tartibning afzaliklari, uni qo'llashda yuzaga keladigan muammolar amaliy shaklda muhokama qildilar.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari tomonidan muhim taklif va xulosalar ishlab chiqildi, mazkur yo'nalishda amaliy hamkorlikni izchil davom ettirish va xalqaro formatdagi keyingi muhokamalar yuzasidan kelishib olindi.

 

Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™