Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:26
LoginA'zo bo'lish
Qarshi tumanida tadbirkorning 450 mln so'mlik ishlab chiqarish tsexini sotib yuborgan firibgarlarga

 26 APREL, 12:45 31

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.A. va boshqalar  “S.” MChJga qarashli g'isht ishlab chiqarish tsexini 450 mln so'mga sotib berishga jamiyat rahbarini ishontirib, o'zlari topgan mijozga ushbu tsex va boshqa asbob-uskunalarni firibgarlik yo'li bilan 20 000 AQSh dollariga sotib, pul mablag'larini o'zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan J.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™