Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:22
LoginA'zo bo'lish
«Oskar-2021» mukofoti g'oliblari e'lon qilindi

 26 APREL, 11:30 92

.

AQShning Los-Anjeles shahrida dunyodagi eng obro'li kino mukofotlaridan biri «Oskar» mukofoti 93-marotaba turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblarga topshirildi. Eng yaxshi film — «Nomadland» («Ko'chmanchilar o'lkasi») bo'ldi, eng yaxshi aktrisa Frensis MakDormand («Ko'chmanchilar o'lkasi» filmidagi roli uchun) bo'ldi, eng yaxshi aktyor esa Entoni Xopkins («Ota» filmi) deb topildi.

«Oskar-2021» mukofoti sovrindorlari:

«Eng yaxshi film» — «Nomadland» («Ko'chmanchilar o'lkasi») «Eng yaxshi aktrisa» — Frensis Makdormand («Nomadland») "Eng yaxshi akter" — Entoni Xopkins («Ota») "Eng yaxshi rejisser" — Xloya Chjao («Nomadland») "Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa" — Yun Yo-Jon («Minari») "Eng yaxshi ikkinchi darajali akter" — Deniel Kaluya («Judas and the Black Messiah») «Eng yaxshi xorijiy film» — «Yana bir bor» (Daniya) «Eng yaxshi postanovka-rassomlik ishi» — «Mank» "Eng yaxshi operatorlik ishi" — Erik Messershmidt («Mank») "Eng yaxshi montaj ishi" — «Metall tovushi» «Eng yaxshi original stsenariy» — «Promising Young Woman» «Moslashtirilgan eng yaxshi stsenariy» — «Ota» "Eng yaxshi animatsion film" — «Soul» («Qalb») "Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film" — «If Anything Happens I Love You» «Eng yaxshi hujjatli film» — «My Octopus Teacher» «Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film» — «Kolett» "Eng yaxshi qisqa metrajli o'yinli film" — «Two Distant Strangers» «Eng yaxshi vizual effektlar» — «Tenet» («Qalb») "Eng yaxshi grim" — «Ma Rainey’s Black Bottom» «Eng yaxshi kostyumlar dizayni» — «Ma Rainey’s Black Bottom» «Eng tovush/ovoz» — «Metall tovushi» «Film uchun atalgan eng yaxshi musiqa» — Trent Reznor, Attikus Ross va Jon Batist («Qalb») "Eng yaxshi qo'shiq" — H.E.R. «Fight for You» («Judas and the Black Messiah»)

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™