Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:15
LoginA'zo bo'lish
AQSh, "Ilg'or jangchi": o'zbekistonlik harbiy xizmatchilar yana g'olib!

 26 APREL, 10:40 103

.

Joriy yil 19-24 aprel kunlari Amerika Qo'shma Shtatlarining Missisipi shtatidagi “Camp Shelby” harbiy o'quv bazasida  o'tkazilgan “Ilg'or jangchi” musobaqasining g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Marosimda Misissipi shtatidagi Qurolli Kuchlar tuzilmalari vakillari, faxriylar va musobaqa ishtirokchilari qatnashdi.

Unda so'z olganlar joriy yilgi musobaqalarning avvalgilariga nisbatan yanada qizg'in va murosasiz bahslarga boy tarzda o'tganligini ta'kidlab, mehmon sifatida ishtirok etgan O'zbekistonlik harbiylarning bilimi, mahorati, jasurligi va shijoatini e'tirof etishdi.


AQSh, "Ilg
AQSh, "Ilg    - Biz uchun an'anaga aylangan ushbu musobaqada o'zbekistonlik hamkasblarimiz ikkkinchi marotaba ishtirok etishmoqda. Tan olib aytamanki, bu safar ham ular nafaqat jismoniy, balki jangovar va aqliy tayyorgarlik, qurol-aslahani bilishda ham yaqqol ustunlikka ega bo'ldi. Bu esa bizning serjantlarimizni o'z ustida yanada ko'proq ishlashga undaydi, – dedi Missisipi shatati Milliy gvardiyasi serjantlar qo'mondoni serjant-mayor Kristofor Yong.

Shundan so'ng tashkilotchilar tomonidan O'zbekistonlik harbiy xizmatchilar III darajali serjant Dilmurod Sulaymonov hamda kichik serjant Xayrulla Olimovga musobaqa g'oliblari uchun beriladigan “Ilg'or jangchi” mukofoti va ko'krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada ishtirok etgan harbiy xizmatchilarimiz 2019 yilda ham I o'rinni qo'lga kiritgan edi.

G'olib harbiy xizmatchilar 27 aprel kuni O'zbekistonga etib keladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™