Xayirli tong, Guest!
Soat: 06:54
LoginA'zo bo'lish
Namanganda 16 yoshli o'smir jinoyatga qo'l urdi

 26 APREL, 09:05 86

.

Joriy yil 22 aprel kuni, Uchqo'rg'on tumanida yashovchi, 1988 yilda tug'ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 22 aprel kuniga o'tar kechasi, yashash uyida hech kim yo'qligidan foydalangan noma'lum shaxs, ochiq qolgan tomorqa eshigi orqali kirib, omborxonasida  bo'lgan narxi 400.000 so'mlik “Artel” rusumli mikro to'lqinli pechini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB TP profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu tumanda yashovchi 2005 yilda tug'ilgan voyaga etmagan kollej o'quvchisi sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ayni paytda holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O'z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™