LOGOTIPE
Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 11:23
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Iordaniyada kuchli yog'ingarchilik oqibatida halok bo'lganlar soni 11 kishiga etdi
MUHARRIR: wapusta

10 NOYABR, 23:25 / KO'RILDI: 7

Iordaniyadagi kuchli yog'ingarchilik qurbonlari soni 11 kishiga etdi. Bu haqda Iordaniya hukumati bayonotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Tegishli xizmatlar al-Val tumanida ikki fuqaroni qutqargan. Shuningdek, avval bedarak yo'qolgan deb gumon qilingan fuqaroning jasadi topilgan. Shunday qilib, qurbonlar soni 11 kishiga etgan.

Hozirgi vaqtda fuqaro muhofazasi kuchlarining yuzlab xodimlari qidiruv-qutqaruv tadbirlarini davom ettirmoqda. Hozirgi vaqtda yana ikki kishi bedarak yo'qolgan deb gumon qilinmoqda.

Avvalroq, juma kuni Iordaniya hukumati kuchli yog'ingarchilik sabab Petra tarixiy parkining barcha tashrifchilarini evakuatsiya qilish haqida qaror qabul qilgani ma'lum bo'lgandi.

Manba: daryo.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!