Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:24
LoginA'zo bo'lish
Tokio Olimpiadasidan oldin birinchi Virtual olimpiada o'tkaziladi

 26 APREL, 07:00 84

.

Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) I Virtual olimpiada o'tkazilishini ma'lum qildi. Unda ayrim sport turlariga bag'ishlangan kompyuter o'yinlari bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi, deyiladi tashkilot rasmiy saytida berilgan xabarda.

Virtual olimpiadaning dasturiga beysbol, eshkak eshish, avto va velopoyga va parus sport turlari kiritilgan. Musobaqa Tokio Olimpiadasi arafasida — 13 may — 23 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Virtual olimpiadani tashkil etish uchun ixtisoslashgan federatsiyalar javobgar bo'ladi.

XOQ prezidenti Tomas Baxning ta'kidlashicha, Olimpiadaning virtual tseriyasi — bu virtual sportning yangi tomoshabinlari bilan bevosita aloqalarni kengaytiradigan noyob raqamli tajriba bo'ladi.

«Ushbu tseriya sport bilan shug'ullanishni rag'batlantiradi va yoshlarga alohida e'tibor bergan holda Olimpiada qadriyatlarini targ'ib qiladi», deydi Bax.

Eslatib o'tamiz, Yaponiya pandemiyaga qaramay, Olimpiada o'yinlarini o'tkazish niyatida. Bellashuvlar 2021 yilning 23 iyul — 8 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™