LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:10
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Jasad loyga, ruh esa Allohga mansub
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 06:50 / KO'RILDI: 21

Alloh taolo "Hijr" surasida shunday marhamat qiladi:

Ushbu oyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinadi:

«Albatta, men quruq loydan, o'zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratuvchidirman. Bas, qachonki uni bekamu ko'st qilib bo'lganimda va ichiga O'z ruhimdan puflaganimda unga sajda qilgan holingizda yiqiling» (28-29-oyatlar).

Alloh taolo insonning asli bo'lmish Odam Atoni yaratishdan oldin farishtalarga niyatini aytgan. Shu bilan birga, uni yaratib, mukammal qilib bo'lganidan keyin, ichiga O'z ruhidan puflab, jon kiritgan paytida ularning Odamga sajda etishlari lozimligini ham ta'kidlagan. Bu o'rinda Nabiy sollallohu alayhi vasallamga va har bir eshituvchiga (ya'ni Qur'on tilovatini tinglovchiga) ushbu holni eslashni amr etmoqda.

Ha, bu har qancha eslasa, har qancha ibrat olsa, arzigulik hodisadir.

Insonning asli arzimagan qora balchiq loydan iborat edi. Ammo uni Alloh qudrat qo'li ila inson shakliga keltirdi. Biroq shunda ham loyligicha qolaverdi. Alloh taolo uning ichiga O'z ruhidan puflaganidan keyingina, insonga aylandi. Qadr-qiymat topdi. Farishtalar Allohning amri ila unga sajda qiladigan darajadagi oliy maqomga erishdi. Demak, insonning qadr-qiymati ruh bilan bog'liq. Inson qancha ruhoniy bo'lsa, shuncha qiymati ortadi. Ruhoniyligini yo'qotgan sari qadr-qiymatini ham yo'qotib boradi. Ruhoniylikni inkor etsa, insonligini ham inkor qilib, hayvon darajasiga tushib qoladi. Balki undan ham past darajaga tushib qoladi.

Inson loy va ruhdan, ya'ni jism va ruhdan iboratdir. Uning asl tabiatida shu ikki narsa qorishgan bo'ladi. Islom esa ham jasadga, ham ruhga e'tibor berish, ikkovini mutanosib ravishda tutishga buyuradi. Jasadning ham, ruhning ham talablariga me'yorida javob berish lozim. Biriga e'tibor berib, ikkinchisini beparvo qo'yish kerak emas.

Shuningdek, iblis insondan oldin samum olovidan yaratilgan bo'lib, unga Allohning ruhi kirmadi, ya'ni olovdan yaratilganicha qoldi. U ham o'z asliga tortadi. Zararli olov kabi, insonni kuydiradi. Ig'vosiga uchganlarni halokatga boshlaydi.

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!