Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:47
LoginA'zo bo'lish
Yog' narxi tushishi mumkin! Senatorlar o'simlik yog'ini QQSdan vaqtincha ozod qilish haqidagi qonunn

 24 APREL, 19:25 80

.

Senatning o'n to'rtinchi yalpi majlisida ko'rib chiqilgan “Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojni ta'minlashning qo'shimcha choralari to'g'risida”gi Qonunning maqsadi global koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bugungi kunda respublikamiz aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini kafolatli ta'minlash hamda narx-navolar asossiz o'sib ketishiga yo'l qo'ymaslikdan iboratdir, deya xabar beradi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.

Majlisda ta'kidlanganidek, kungaboqar urug'i va yog'i bo'yicha tashqi bozorlarda shakllanayotgan salbiy baho ko'rsatkichlar mamlakatimiz ichki bozoridagi narx-navoga va ijtimoiy holatga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Buni mamlakatimiz iste'mol bozorida o'simlik yog'iga bo'lgan yillik o'rtacha 460 ming tonna ehtiyojning taxminan yarmi import hisobidan qoplanishidan ham ko'rsak bo'ladi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti ma'lumotida ham 2021 yil mart oyida dunyo bo'yicha o'simlik yog'i o'rtacha narxi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 86 foizga, joriy yil boshiga nisbatan esa 21 foizga qimmatlashgani qayd etilgan.

Mamlakatimizga 70 foiz kungaboqar yog'i import qilinadigan Rossiya Federatsiyasida bir tonna kungaboqar yog'i narxi 2020 yil dekabr oyida o'rtacha 900 dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2021 yil mart oyida 1 250 dollargacha yoki 39 foizga oshgan.

Shu bilan birga, Rossiya tomonidan joriy yil 1 sentyabrdan bir yil muddatga kungaboqar yog'ini eksport qilishda boj to'lovining joriy qilinishi ham nazarda tutilgan.

Ushbu o'zgarishlar ta'siri natijasida o'tgan bir yil davomida mamlakatimizda kungaboqar yog'i narxi o'rtacha 38 foizga qimmatlashgan.

Yuzaga kelgan ushbu holatda mamlakatimiz ichki bozorlarida o'simlik yog'i narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga o'zgartish kiritilib, unga ko'ra 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar:

– mamlakatimiz hududiga o'simlik yog'i, kungaboqar va zig'ir urug'i, shuningdek, soya danagini olib kirish hamda;

– o'simlik yog'ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo'yicha mablag'lar aylanmasi qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinmoqda.

Qolaversa, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar bo'lgan davrda:

kungaboqar va paxta urug'lari, kungaboqar yog'i va paxta yog'i mahsulotlariga nisbatan mazkur Qonun bilan eksport boji joriy etilmoqda.

Mazkur Qonunning ma'qullanishi orqali moyli ekinlar ekilishi ustidan ham qat'iy monitoring o'rnatilishi kutilmoqda.

Senatorlar tomonidan ushbu Qonun ma'qullandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™