LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:10
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Sankt-Peterburgda ulkan gipermarket yonib ketdi
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 06:00 / KO'RILDI: 16

Kecha Rossiyaning "shimoliy poytaxti" markazida ulkan gipermarket yonib ketdi. Yong'in maydoni 4,8 kilometr kvadratni tashkil qildi. 

"Obvodnoy kanal ko'chasida joylashgan "Lenta" gipermarketida yong'in ertalab soat 08:30da sodir bo'lgan. Yong'in maydoni 4,8 kvadrat kilometrni tashkil qildi. 3,2 kv/km maydonda magazin tomi qulab tushdi. Yong'indan 100 kishi eson omon qutqarib qolindi. Magazin xodimlaridan bir kishi engil tan jarohati oldi", - deyilgan xabarda. 

Xabarda aytilishiga ko'ra, magazinda o'rnatilgan o't o'chirish tizimi o'z vaqtida, belgilangan tartibda ishlagan. Yong'indan keltirilgan zarar miqdori aniqlanmagan, magazin qayta quriladi. Ma'lumot uchun, "Lenta" Rossiyaning yirik super va gipermarketlar tarmoqlaridan biri bo'lib, bugungi kunda Rossiyaning 80ta shahrida 170 ta gipermarket va 66 ta supermarketga ega. 

Manba: sof.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!