Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:51
LoginA'zo bo'lish
Afg'oniston mamlakatdan chiqib ketayotgan chet el qo'shinlarining qurollarini olib qolmoqchi

 24 APREL, 16:20 18

.

Afg'oniston hukumati AQSh va NATO mamlakatdan qo'shinlarni olib chiqib ketayotganda respublika armiyasiga qurol va harbiy texnikani qoldirib ketishini kutmoqda. «Bizga bu qurol va uskunalar kerak va ularni AQSh bizga topshirishini istardik», dedi Afg'oniston Mudofaa vazirligi vakili Favad Aman.

Shu bilan birga, NATO missiyasi qo'mondonligi afg'on qurolli kuchlariga qurol-yarog' va texnikani topshirishga tayyor yoki tayyor emasligini hali e'lon qilmaganligini ta'kidladi. Afg'oniston OAVning xabarlariga ko'ra, Qobul mahalliy hukumati AQSh va NATOga o'zlari bilan qurol olib ketmaslik haqida rasmiy iltimos bilan murojaat qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Interfaks.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, AQSh qurollarining bir qismi 2014 yilda yo'q qilingan. Bundan tashqari, ularning so'zlariga ko'ra, harbiy texnika ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangani sababli AQSh va NATO ularni qoldirib ketmasligi mumkin. 

AQSh 1 maydan boshlab Afg'onistondan o'z qo'shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi va bu jarayonni 11 sentyabr qadar yakunlash rejalashtirilgan. Shuningdek, bunday qarorni NATO,  Buyuk Britaniya, Gruziya, Bolgariya qabul qilishdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™