Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:05
LoginA'zo bo'lish
Toshkentda savdo do'koni rahbari ayollarni chuv tushirdi

 24 APREL, 13:35 81

.

Toshkent viloyati. 2020 yilning dekabr oyidan 2021 yilning yanvar oyiga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida, Yangiyo'l shahrida joylashgan savdo do'kon rahbari E.Nilufar do'koniga kelgan fuqarolar 54 yoshli T.Mastura va 45 yoshli A.Hilolaning ishonchiga kirib, ularning nomiga Xalq banki Yangiyo'l shahar filialidan maishiy texnika vositalari uchun T.Masturaga 19 000 000 so'm, A.Hilolaga 15 000 000 so'm berilgan kredit mablag'larini qo'lga kiritib, evaziga ularga maishiy texnika vositalarini bermasdan, pullarni o'zining ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo'l shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan E.Nilufarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™