Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:50
LoginA'zo bo'lish
2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qo'shilgan qiymat solig'id

 23 APREL, 20:50 89

.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida koronavirus pandemiyasi davom etayotgan davrda aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini kafolatli ta'minlash hamda narx-navoning asossiz o'sib ketishiga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan “Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojni ta'minlashning qo'shimcha choralari to'g'risida”gi Qonun loyihasi ko'rib chiqildi.

Loyihaga ko'ra, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar bo'lgan davrda quyidagilar qo'shilgan qiymat solig'i (QQS)dan ozod qilinmoqda:

O'zbekiston Respublikasi hududiga o'simlik yog'i, kungaboqar va zig'ir urug'i, shuningdek soya danagini olib kirish; 

o'simlik yog'ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo'yicha aylanmasiga.

Shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga o'zlari tomonidan import qilingan kungaboqar yog'i va kungaboqar urug'larni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan o'simlik yog'ining 50 foizidan oshmagan qismini eksport qilishga ruxsat beriladi.

Loyihada davlat bojxona qo'mitasiga  xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan import qilingan kungaboqar yog'i hamda kungaboqar urug'larini qayta ishlashdan olingan o'simlik yog'i hajmiga nisbatan eksport shartnomalari doirasida amalga oshirilgan eksport hajmi 50 foizdan oshishiga yo'l qo'yilmasligi bo'yicha nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Deputatlar qonun loyihasini ma'qullab Senatga yuborishdi.

Umid qilamizki, bu harakatlar tez kunlarda yog' narxi pasayishiga xizmat qiladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™