Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:28
LoginA'zo bo'lish
Simob 34.000 dollarga baholandi

 23 APREL, 19:55 70

.

Farg'ona viloyati. 2020 yilning dekabr oyida 54 yoshli A.Botirbek Quva tumani Qalinpo'stin mahallasida bo'la turib, tanishi 43 yoshli E.Xurshidning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali “simob” moddasini topib berishini va'da qilib, aldov yo'li bilan 34.000 AQSh dollar pullarni qo'lga kiritib, bergan va'dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan A.Botirbekga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya'ni ko'p miqdorda aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan o'zganing mulkini yoki o'zganing mulkiga bo'lgan huquqni qo'lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Tergov harakatlari davomida jinoyatga aloqador barcha holatlar sinchkovlik bilan o'rganib chiqilib, uning yakuniga ko'ra huquqiy baho berilishi ta'minlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™