Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:55
LoginA'zo bo'lish
Toshkentda “Golden Mega Brick” MChJ rahbariga jinoyat ishi qo'zg'atildi

 23 APREL, 17:55 73

.

Toshkent viloyat prokuraturasi organlari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, noruda foydali qazilmalarni o'z ichiga olgan er qa'ri uchastkalaridan foydalanish to'g'risidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan doimiy ravishda o'tkazilib kelinayotgan nazorat tadbirlari natijasida 14 ta holatda qonunbuzilishi aniqlanib, jinoyat ishi qo'zg'atildi. 

Masalan, Ohangaron tumanidagi “Golden Mega Brick” MChJ rahbari U. tegishli ruxsatnomasiz 1.8 mlrd. so'mlik qum-shag'alni o'zboshimchalik bilan qazib olgan.

Ohangaron tumanidagi “Ahangaran brik” MChJ shaklidagi qo'shma korxonasi rahbari Yu. tegishli ruxsatnomasiz qum-shag'ar o'zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamoat manfaatlariga 2.3 mlrd. so'm zarar etkazishgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™