Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:24
LoginA'zo bo'lish
“Nol”dan uy qurish arzon, ammo mashaqqati “qimmat”mi?

 23 APREL, 17:45 56

.

Yangi qurilgan ko'p qavatli uylarning narxini eshitgan aksariyat yurtdoshlarimiz “Yaxshisi o'zim “nol”dan uy qurib, bu pulning yarmidan ko'pini tejayman” degan gapni aytishadi. Xo'sh, uy qurish rostdan ham ancha arzonga tushadimi? Bunda qanday mashaqqatlarga duch kelamiz?

Arzon uy-joylarda uchraydigan asosiy kamchiliklar

Maydoni kichkina. Uy unda istiqomat qiluvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan, qulay va shinam bo'lishi kerak.

Noqulay. Uy oilangizning turmush tarziga mos kelishi kerak.

Sifatsiz. Uy qurishda foydalanilgan qurilish materiallarining sifatiga alohida e'tibor qaratish zarur.

Uy qurishda e'tibor qaratishingiz va iqtisod qilish tavsiya etilmaydigan jihatlarning eng asosiylarini sanab o'tdik. Endi navbat pulni tejash mumkin bo'lgan qismga.

Qurilishda pulni tejash mumkin bo'lgan jihatlar

Uyni loyihalashtirishni mustaqil tanlash bilan siz yaxshigina mablag' tejashingiz mumkin. Bunda uyni rejalashtirish va konstruktiv elementlarni qo'llashda ular hamyonbop bo'lishiga e'tibor qarating. Tayyor loyihalarni taklif qiladigan me'morlarni uyning qurilishi qanchaga tushishi qiziqtirmaydi. Ularning vazifasi – chiroyli uy suratiga sizni maftun qilish va loyihani sotish. Qimmat bo'lmagan uy asosan bir qavatli, umumiy maydoni — 100-150 m² bo'lgan, erto'lasi yo'q (erto'la xarajatlarni taxminan 30 foizga oshiradi), to'rtburchak shaklda, standart o'lchamdagi deraza va eshiklarga ega bo'ladi. Katta, ko'p sonli derazalar va eshiklar, noodatiy zinalar ham qurilish sarf-xarajatlarini oshirib yuboradi. Inter'er ishlari ham soddaroq bo'lgani ma'qul. Ya'ni an'anaviy shtukaturka qilingan yoki gipsokartonli devorlar, pol —laminat, yuvinish xonasi — oddiy santexnika bilan jihozlangan. Qurilish materiallarini tanlash, sotib olish va qurilish maydoniga olib kelishni o'z zimmangizga olgan holda ham yaxshigina mablag'ni iqtisod qilasiz. Bir ish uchun turli qurilish guruhlari turlicha narx belgilaydi. Ammo jamoaning avvalgi obektlari bilan tanishishni unutmang.

 

Eng hamyonbop qurilish materiallari

Endi esa yurtimiz iqlimi va sharoitiga mos bo'lgan eng arzon hamda zamonaviy qurilish materiallari bilan tanishamiz.

Gazobeton va penobeton – engil va qurilishda bir qancha qulayliklari mavjud. Boshqa qurilish materiallariga nisbatan issiqlikni yaxshi ushlaydi (teploizolyatsiya); Karkas qurilish – qurilishning eng arzon turi bo'lib, turli iqlim sharoitlariga mos. Ammo bunda  xonani shamollatish (ventilyatsiya) masalasiga e'tibor qaratishga to'g'ri keladi; Shlakoblok – zamonaviy shlakobloklarning tarkibi takomillashgan bo'lib, arzon, engil, yong'inga qarshi xususiyatlarga egaligi, kemiruvchilar va mog'orlardan xoli ekanligi, ultrabinafsha va kimyoviy ta'sirga chidamliligi bilan ajralib turadi. Lekin uy qurishda shlakoblok ishlatganda uni qo'shimcha ravishda isitish (teploizolatsiya) moslamalari bilan o'rash talab etiladi.

Qisqasi mustaqil uy qurishning o'ziga xos mashaqqatlari borligiga amin bo'ldingiz. Balki anashu mashaqqatlar sababli ham biz uchun o'zimiz qurgan uyning qadri baland bo'lar?

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™