Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:06
LoginA'zo bo'lish
Kredit mablag'larini talon-toroj qilgan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atil

 23 APREL, 17:30 73

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan ATB “Agrobank”  va AT “Xalq bank” Jarqo'rg'on filiallarining murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.A. tanishlari nomiga 4 ta MChJni tashkil etib, bank filialidan maishiy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish uchun ajratilgan 2,3 mlrd so'm kredit mablag'ining 1,6 mlrd  so'mini  boshqa maqsadlarga sarflab, o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi, shuningdek AT “Xalq banki” Jarqo'rg'on filiali sobiq boshqaruvchisi M. bilan til biriktirib, garov ta'minoti sifatida turgan “Doosan” rusumli ekskavator va “Spark” avtotransport vositasini soxta ma'lumotlar asosida taqiqdan chiqarishga erishib, bank manfaatlariga juda ko'p miqdorda zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™