Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:42
LoginA'zo bo'lish
Yangi "Toyota Land Cruiser 300"ning yashirin suratlari tarqaldi (FOTO)

 23 APREL, 15:35 102

.

Internetda yangi "Toyota Land Cruiser 300"ning birinchi fotosuratlari paydo bo'ldi. Yangi model hozirgisidan tubdan farq qilmaydi.

Yangi model yanada naqshinkor kapoti, yangi bamperlari, qayta ishlangan radiator panjarasi va dinamik burilish signallari va 17-20 dyuymli g'ildiraklar bilan ishlab chiqarilgan.


Yangi "Toyota Land Cruiser 300"ning yashirin suratlari tarqaldi (FOTO)

Shuningdek, saloni ko'plab ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan.

Yangi Toyota Land Cruiser 300 bir nechta dvigatel variantlari, shu jumladan to'rt va oltita silindrli dvigatellar bilan ta'minlanadi. Bundan tashqari, u ikki turbo V8 dvigatel bilan ta'minlanishi kutilmoqda.

Yangi mashinaning oldingisiga nisbatan uzunligi 20 mm ga oshadi, kengligi 5 mm ga, balandligi esa 10 mm ga kamayadi.

Insayderlarning fikriga ko'ra, yangi avlod bahor oxirigacha namoyish etiladi. Avtomobillar ishlab chiqarish 1 iyuldan boshlanadi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™