Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:02
LoginA'zo bo'lish
Prezident: "Odamlar tibbiy xizmat sifatidan norozi"

 1 APREL, 17:45 87

.

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida sog'liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish bo'yicha qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi tahlil qilinyapti. 

Prezident 3 ta yo'nalish bo'yicha sog'liqni saqlash tizimi rahbarlari oldiga savol qo'ydi. 

1. Joriy etilgan yangi tizim bo'yicha tibbiy xarita shakllantirilgani, aholining xavf guruhlariga bo'lingani nimani ko'rsatib berdi?

2. Mahallalar kesimida tibbiyot brigadalari shakllantirilib, aholi bilan manzilli ishlash boshlandimi va bundan nechta fuqaro minnatdor bo'ldi?

3. Tibbiyot muassasalarida qaysi xizmat pulli, qaysi bepul bo'ldi?

Prezident rahbarlar bu vazifalarni to'liq tushunib etmayotganini, aynan shuning uchun ham 6 oyda Qoraqalpog'iston, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari sog'liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari hamda 37 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishdan olinganini aytdi. Rahbarlarning dunyoqarashi o'zgarmas ekan, bu ro'yxat yana davom etishi mumkin. 

- Odamlar tibbiy xizmat sifatidan norozi. Sohada “Temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftari kabi masalani ichiga kirib, muntazam shug'ullanmasak, islohotlar natijasini xalqimiz sezmaydi. ...Pandemiya bizga shuni o'rgatdi: har bir viloyatda dori-darmonlarning narxi oshib ketmasligi uchun o'zining 3-6 oylik zaxirasi bo'lishi kerak, dedi Prezident.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™