Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:58
LoginA'zo bo'lish
Rashk fojiasi: Navoiyda 24 yoshli yigit o'zidan katta qiz bilan yigitni pichoqladi

 23 APREL, 13:05 110

.

Navoiy viloyati. 2021 yilning 20 aprel kuni soat 21:30 larda 24 yoshli X.Doniyor Navoiy shahar S.Ayniy ko'chasida yashovchi tanishi 28 yoshli X.Nigora o'zining yashash xonadonida 29 yoshli A.Jamshid bilan o'zaro gaplashib turganligini ko'rib qolib, rashk tufayli oshxona pichog'i bilan X.Nigora va A.Jamshidlarning qorin sohasiga qasddan bir marotabadan urib jarohat etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan X.Doniyorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™