Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:29
LoginA'zo bo'lish
Navoiyda YPX inspektorini urgan haydovchiga hukm o'qildi

 23 APREL, 09:20 57

.

Jinoyat ishlari bo'yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sayyor sud majlisida YPX inspektorni urgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ko'rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko'ra, 1993 yilda to'g'ilgan Xamraev Anvar Akrom o'g'li (shaxsi o'zgartirilgan) 2020 yil 11 dekabr kuni soat 20:30 larda o'ziga tegishli bo'lgan, 85 S 763 FA davlat belgili, “Nexia” rusumli avtomashinani Xatirchi tumani, “Qo'rg'oncha” mahalla fuqarolar yig'ini xududida boshqarib borib, ushbu yo'nalish atrofida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida jalb qilingan, Navoiy viloyat IIB YHXB 3-safarbarlik guruhi YPX inspektorlari xizmat avtomashinasini uning yo'nalishi tomonga harakatni amalga oshirganligini ko'rib, avtomashinadan tushgan holda ko'chaning ichkari tomoniga yashirinishga harakat qilib, ehtiyotsizligi natijasida fuqaro A.Nishonov yashash xonadonining oldida jamlanib qo'yilgan g'o'zapoya ustiga yuz sohasi bilan yiqilib, uning ortidan shubhali mastlik holatiga aniqlik kiritish bo'yicha kuzatuvni amalga oshirib kelgan, o'z xizmat vazifalariga ko'ra hokimiyat vakili hisoblangan, viloyat IIB YHXB 3-safarbarlik guruhi YPX inspektorlari O.Mardonov, Q.Narzullaev, E.Yo'ldoshmurodov, B.Toshev va Sh.Jabborovlarning mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tish to'g'risidagi qonuniy talabini bajarmasdan, Sh.Jabborovga faol qarshilik ko'rsatib, uni yuz qismi burun sohasiga bosh qismi bilan zarba berib, tuman sud-tibbiy ekspertiza bo'linmasining 16.12.2020 yildagi 1244-sonli xulosasiga ko'ra, Sh.Jabborovga sog'lig'ini qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan engil tan jarohati etkazib, voqea joyidan yashiringan.

Sud, A.Xamraevni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to'liq iqrorligini, qilmishidan chin ko'ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 219-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 1 (bir) yil 6 (olti) oyga muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

H.Tuxtaev,

Jinoyat ishlari Xatirchi

tuman sudining sudyasi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™