Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:57
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
6 nafar tanishini Qo'riqlash xizmatiga ishga kiritib qo'yishga va'da bergan shaxs qo'lga olindi

 22 APREL, 20:10 71

.

Mamlakatimiz bo'ylab aholi o'rtasida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida profilaktik chora tadbirlar hamda tushuntirish ishlari muntazam olib borilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya rasmiy kanallarida va OAV da bu kabi holatlardan ogohlantirish maqsadida berib borilayotgan xabarlarga qaramasdan ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan hamon firibgarlar tuzog'iga tushish holatlari uchrab kelmoqda.

Shu kabi holat joriy yilning 21 aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi, Milliy gvardiya va DXX xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir mobaynida aniqlanib, unda arizachi fuqaro D.E. o'zini “Anvar” deb tanishtirgan shaxsning va'dalariga ishonib 6 nafar tanishini pul evaziga Qo'riqlash xizmatiga ishga kiritib qo'yishiga kelishib olishgani ma'lum bo'lgan.

Ushbu masalada turli yo'llar bilan oldindan 800 AQSh dollarni qo'lga kiritgan “Anvar” ismli shaxs sherigi fuqaro X.O.bilan birgalikda Toshkent shahar Mirobod tumanida oldindan kelishilgan joyda fuqaro D.E.dan 2.700 AQSh dollar pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo'lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™