Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:13
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Mirziyoev: "Prezidentning jamoasida ishlagan odam yo aravani tortadi, yoki ketadi"

 22 APREL, 18:15 64

.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatish sohasi rivoji uchun 500 million dollar ajratiladi. Bu haqda Prezident raisligida o'tkazilayotgan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi.

«Bu juda katta mablag'. Pulni maqsadli va rejali sarflash lozim. Hokimlar, o'z ustingizda ishlashni bilmaysiz. Prezidentning jamoasida ishlagan odam yo aravani tortadi yoki ketadi. Bu ham mardlik!» — dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlat rahbari xizmat ko'rsatishga ajratiladigan mablag' qaysi sohalarga yo'naltirilishi haqida ma'lumot berdi:

«Tuman va shaharlarning mablag'lardan samarali foydalanishiga qarab, 1 sentyabrdan keyingi 150 million dollarni ajratamiz.

Bundan tashqari, Mirsoatov (Milliy bank) 28 ta yirik va o'rta shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, ta'lim ob'ektlari, yirik savdo komplekslarini tashkil etish uchun, shu yilning o'zida qo'shimcha 200 million dollar mablag' jalb qiladi.

Demak, byudjetdan va banklar tomonidan qo'shimcha ajratiladigan mablag' jami 500 million dollar yoki 5,5 trillion so'mni tashkil etadi, — dedi Prezident.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™