Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:58
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Million guruhi konserti (HD)
APL. 1-tur. “Manchester Yunayted” qiyinchilik bilan g'alaba qozondi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

APL 1-turidan o'rin olgan “Manchester Yunayted” va “Lester” uchrashuvi yakuniga etdi.

Dastlab o'yin boshida “Lester” darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan Pol Pogba hisobni ochdi. O'sha vaziyatda hakam to'p mehmonlar a'zosining qo'liga tekkan deb hisobladi. Shundan so'ng “tulkilar” o'yinda tashabbusni o'z qo'llariga olishdi, biroq David De Xea qahramonlik ko'rsatib, kamida ikkita golli vaziyatni bartaraf etdi.

Ikkinchi bo'limda biroz yaxshiroq o'yin ko'rsatgan mezbonlar Lyuk Shouning golidan keyin farqni ikkitaga oshirishdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa “Lester” hujumchisi Jeymi Vardi boshi bilan gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Shu hisob o'yin yakunigacha saqlanib qoldi.

Manchester Yunayted – Lester 2:1 11 avgust, 00.00, "Old Trafford" Gollar: 1:0 – 3, Pogba (penalti ), 2:0 – 83 Shou, 2:1 – 90 Vardi.Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Darmian, Lindelef, Pogba (Fellayni, 84), Pereyra, Mata, Fred (Maktomini, 76), Sanches, Reshford (Lukaku, 67).Lester – Shmeyxel, Maguayr, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Ndidi, Amarti (Gezzal, 63), Meddison (Vardi, 63), Adrien Silva (Iborra, 80), Grey, Ixeanacho.Ogohlantirish: Amarti (51), Fred (54), Pereyra (69).

. Aman (WapUsta)
11.08.2018 / 02:00
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Umumiy: 2
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: