Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:57
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Million guruhi konserti (HD)
Test sinovlarining o'ninchi kuni: hamon shpargalkalar, uyali telefon va birovning o'rniga kirishga harakat bor
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining o'ninchi kuni ham odatdagidek ikki smenada tashkil etildi. Har ikki smena natijalarini Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov o'zining Feysbukdagi sahifasida e'lon qildi. Unda qayd etilishicha, 10 avgust kuni 25 ta oliy ta'lim muassasalarining 121 ta ta'lim yo'nalishida test sinovlari o'tkazilgan. 1-smenada 25 ming 990 nafar abiturient ishtirok etgan bo'lsa, test sinovlarining ikkinchi smenasida 22 ming 466 nafar abiturient qatnashgan. Tezkor ma'lumotlarga ko'ra, kunning birinchi yarmida 760 nafar abiturient turli sabablarga ko'ra test sinovlariga kelmagan, ikkinchi yarmida esa bu raqam 542 nafarni tashkil etdi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 140 nafar abiturient, shundan 66 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o'zgalar o'rniga kirishga uringanligi uchun, 74 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga, boshqa abiturientga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi. Test natijalari Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so'ng 18.30 dan qaytarish boshlandi. Aziz Abduhakimov ma'lumotiga qaraganda, test sinovlari belgilangan reja asosida o'tkazilgan va bu jarayonda hech qanday ko'ngilsiz hodisalar ro'y bermagan.

Manba: uza.uz

. Aman (WapUsta)
11.08.2018 / 01:05
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Umumiy: 1
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: