Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 05:25
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
"O'g'rini qaroqchi urdi": Toshkentda tanishining uyini tunamoqchi bo'lgan yigitdan avval uning sherigi katta miqdordagi pullarni o'marib ketdi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Shu yilning 6 avgust kuni soat 21:30da 102 telefon raqamiga Yakkasaroydagi uyda o'g'rilik sodir etilgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bergan.

30 yoshli Gulnoza va uning hamrohi 20 yoshli Jamshidning so'zlariga ko'ra, ular uyda yo'qligida ayolga tegishli uyning sotuvidan olingan 23 500 AQSh dollari o'g'irlangan. Ushbu holat bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Jabrlanuvchining ta'kidlashicha, Yakkasaroydagi uyni sotib, boshqa tumandan joy olishga uni Jamshid undagan. Shuning uchun ayolning yaqini sifatida Jamshid ham so'roq qilindi. Jamshid o'g'rilikni fosh etishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, haqiqatdan ham pulni o'g'irlash niyati bo'lganini tan oldi. Shu maqsadda u 30 yoshli K.Azizga eshik kalitidan bir nusxa yasatib olgan va uyda hech kim yo'qligida Azizning tanishi kelib pullarni o'g'irlashi kerak bo'lgan. Biroq, Aziz Jamshiddan yashirib kalitdan yana bitta nusxa yasagan va rejadagi o'g'rilik sodir etilishidan oldin pullarni o'zlashtirib olgan. Ya'ni, o'g'rini qaroqchi urgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 6 kishi qo'lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: uz24.uz

. WapUsta
10.08.2018 / 22:50
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: