Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:58
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Million guruhi konserti (HD)
Ming ot kuchiga ega Toyota’ning narxi million dollardan oshadi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

Gazoo Racing bo'linmasi tomonidan seriyalab ishlab chiqarishga tayyorlanayotgan Toyota’ning ming ot kuchiga ega sportkari narxi «haqiqiy giperkarlarnikidek» bo'ladi. Bu haqda Toyota vakili Orlando Rodriges Motoring nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Rodrigesning so'zlariga ko'ra, avtomobil to'laqonli giperkar bo'ladi, shu sababli uning narxi ham shunga muvofiqdir. Ayni vaqtda, u mashinaning narxi million dollardan oshib ketishi mumkinligini ham istisno qilmadi.

Shu bilan birga, Toyota vakillari yangi giperkar aynan qaerda sotilishi haqida hozircha hech qanday axborotga ega emas. Umuman olganda, avtomobil haqida batafsil axborotning o'zi yo'q.

Avvalroq Gazoo Racing shunday mashinani seriyalab ishlab chiqarish rejasi borligini tasdiqlagan edi, xolos. Hozircha modelning faqat konsept varianti — GR Super Sport Concept ko'rsatilgan. Avtomobil to'liq karbon konstruktsiyali va olti tsilindrli biturbo gibrid dvigatelli bo'ladi, deb taxmin qilinmoqda.

Umid qilishlaricha, bunday mashina 2020 yildan boshlab chidamlilik bo'yicha jahon chempionatlarida qatnasha oladi. Shuningdek, uning oddiy, shahar ko'chalarida yurish uchun mo'ljallangan versiyasi ham tayyorlanadi.

Manba: daryo.uz

. Aman (WapUsta)
10.08.2018 / 21:50
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Umumiy: 1
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: