Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:58
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Million guruhi konserti (HD)
KXDR Trampga qarshi borayotgan amaldorlar tufayli AQSh bilan kelishuv xavf ostida qolganini bildirdi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

KXDR Singapurdagi sammitda Koreya yarimorolini yadrosiz hududga aylantirish bo'yicha kelishuvga erishilganidan keyin amaldorlar Donald Trampga “qarshi borishayotgani” uchun AQSh prezidenti ma'muriyatini tanqid qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya BMT huzuridagi missiya orqali bayonot berdi.

Jumladan, Pxenyan yadroviy qurolsizlanish bo'yicha berilgan barcha va'dalarni bajarayotganini ta'kidladi.

“AQSh ma'muriyatining yuqori lavozimdagi amaldorlari bizga qarshi asossiz ayblovlarni bildirishmoqda”, — deyiladi KXDR bayonotida.

Pxenyan xalqaro sanktsiyalarning kuchayishiga nisbatan norozilik bildirgan va “Koreya yarimorolida qiyinchilik bilan erishilgan barqarorlik muhiti saqlanib qolishiga kafolat yo'qligini” ma'lum qilgan.

“Biz yaxshi niyatda boshlangan amallar KXDR va AQSh o'rtasidagi ishonchsizlik devorini qulatishiga va o'zaro ishonchni o'rnatishiga umid qilgandik. Ammo AQSh xalqaro sanktsiyalar va KXDRga bosim bilan javob qaytardi”, — deyiladi Shimoliy Koreya bayonotida.

Qayd etilishicha, Qo'shma Shtatlar “barcha avvalgi ma'muriyatlar ishlatib ko'rgan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan o'sha eski stsenariy”ga yopishmoqda.

Shu haftada Oq uyning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jon Bolton Shimoliy Koreya yadrosizlanish bo'yicha oldinga siljish qilmaganligini va AQSh bu mamlakatga qarshi iqtisodiy sanktsiyalarni bekor qilmasligini bildirgandi.

Vox nashrining xabar berishicha, Shimoliy Koreya AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo taklif etgan yadroviy qurolsizlanish bo'yicha jadvalni rad etgan.

Manba: kun.uz

. Aman (WapUsta)
10.08.2018 / 21:10
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: