Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:33
LoginA'zo bo'lish
Talabalarning ijara xarajatlarining qancha qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ma'lum bo'ldi

 22 APREL, 15:25 69

.

Prezident farmoniga ko'ra, 2021 yil 1 maydan boshlab:

✅ yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo'lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta'lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

✅ Bunda ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi:

➖ Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan (245 ming so'm);

➖ qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan (122 ming 500 so'm) oshmasligi kerak.

✅ Ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlari, o'rnak ko'rsatgan va faol talabalar uchun qo'llaniladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™