Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 23:54
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Aeroportlarda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratildi?
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

“Toshkent-Aero” bojxona kompleksi boshlig'i Ravshan Tojiev yo'lovchilar uchun qanday qulayliklar joriy etilganligi haqida axborot berdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

XPK boshlovchisi aeroportda xizmat qilayotgan bojxonachilar faoliyatida qanday muammolar borligi, bojxonachilar imidjida nimalar o'zgarganligi haqidagi savol berdi.

“Oxirgi ikki yil davomida butun bojxona tizimi sifatida xalqaro aeroportlarda, xususan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ham bojxona rasmiylashtiruvi taomillari katta o'zgarishlarga uchradi. Ya'ni soddalashtirish yo'nalishida katta ishlar amalga oshirildi. Xususan hukumatimiz qarori bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab xalqaro aeroportlarda ikki yo'lakli, ya'ni yashil va qizil yo'lakli tizim joriy etildi. Bu tizimning oldingi ishlatilgan tizimdan farqi shundan iboratki, asosiysi yo'lovchilarni olib o'tilayotgan valyutasi yoki tovarlari belgilangan me'yorlardan oshmasa unda yozma ravishda deklaratsiya to'ldirishlari shart emas”, - deb javob berdi Ravshan Tojiev. 

Shundan so'ng, kompleks boshlig'i yo'lovchilar tomonidan olib kelishi mumkin bo'lgan tovarlar me'yori haqida ma'lumot berdi.

“Uchib kelayotgan yo'lovchilarda ko'pincha o'zi bilan sovg'a-salom, o'z ehtiyoji uchun olib kelayotgan buyumlar bo'lishi mumkin. Bundan tovarlarni miqdori xalqaro aeroportlar olib kelinayotgan yo'lovchilar uchun ikki ming AQSh dollariga teng deb belgilandi. Oldin bu me'yor bu tizim tatbiq etilishidan oldin bir ming AQSh dollariga teng edi. Bu ikki baravarga fuqarolarimizga imkoniyat yaratildiki, o'zi va oila ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan tovarlar miqdori ko'paydi. Ularning sal erkinliklari oshdi. Bundan tashqari, xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqish yo'nalishida ham o'zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, besh ming AQSh dollarigacha miqdorda erkin olib chiqishga ruxsat berildi. Bunda agar valyuta ikki ming AQSh dollaridan oshmaydigan bo'lsa deklaratsiyani yozish ham kerak emas. Lekin besh ming AQSh dollaridan oshsa Markaziy bank ruxsatnomasini olib, chiqib ketishi qonunda belgilab qo'yildi”, - deb qo'shimcha qildi Ravshan Tojiev.

Boshlovchi bugungi kunda sayyohlar bojxonadan qancha vaqtda o'tishlari haqida ham savol berdi.

“Bu tizim ishga tushgandan keyin haqiqatdan ham yo'lovchilar o'tish vaqtini monitoring qildik. Yo'lovchilar qanday o'tishyapti, qancha vaqt sarflanyapti, bojxona rasmiylashtiruvi va ko'rigi uchun qancha vaqt ketishi o'rganildi. Hozirgi yashil va qizil yo'lak ishga tushgandan keyin yo'lovchiga o'rtacha bir daqiqa vaqt sarflanmoqda. Oldingi tizimda o'rtacha uch yarim- to'rt daqiqa ketardi”, - dedi bojxona kompleksi rahbari.

Eslatib o'tamiz, ilgariroq aeroportlarda xizmat qilayotgan xodimlar uchun mo'ljallangan yangi forma joriy etilganligi haqida xabar bergandik.

Yangi forma rangi, dizayni va pogon yo'qligi bilan oldingi kiyim boshdan farq qiladi. Harbiy unvonlar metall plastinalarga muhrlanadi va ko'krakka taqiladi. 

Formani almashtirish sababi – pogonli jiddiy kiyim bosh yo'lovchilarga ruhiy jihatdan salbiy ta'sir ko'rsatib, ular bilan samimiy muloqot qilishga to'sqinlik qiladi.  

Tojievning fikriga ko'ra, yangi forma xodimlarga yo'lovchilar va poytaxt mehmonlarini yanada do'stona kutib olib va jo'natishga yordam beradi.

. WapUsta
10.08.2018 / 15:15
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: