Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 23:54
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
O'zbekiston bayrog'ini ringda ko'targan ba'zi jangchilar butun mamlakatni sharmanda qilmoqda
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!

So'nggi uch oy ichida O'zbekistonda ikkita hodisa sodir bo'ldi. Har ikkalasi ham aralash yakkakurash sport turi bo'yicha jangchilar bilan bog'liq.

Avvalroq, aralash yakkakurash sport turi bo'yicha jahon chempioni Murod Xonto'raev Toshkent shahar prokuraturasi iltimosiga ko'ra qamoqqa olingani xabar berilgandi. U O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlarida (Bezorilik: a) badanga o'rtacha og'ir shikast etkazib: b) bir guruh shaxslar tomonidan;) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Murod Xonto'raev bir qator shaxslar bilan birgalikda 21 iyunga o'tar kechasi Yunusoboddagi tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgan. Uning o'zi tan jarohati (ko'kragiga pichoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-shahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni militsiya tomonidan olib ketilgan.

Oradan deyarli bir yarim oy o'tib, 9 avgustga o'tar kechasi Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan Aurum 898 tungi klubida pichoqbozlik ro'y berdi.

Hodisa oqibatida erkin kurashchi, xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjaev vafot etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Jamshid Kenjaev tungi klubi qo'riqchilari bilan o'zaro janjallashib, yonida bo'lgan oshxona pichog'i bilan ularning ikki nafariga tan jarohatlari etkazgan. Shundan so'ng voqea joyida bo'lgan «Aurum» tungi klubida qo'riqlovchi yordamchi Sh.Qilichov Kenjaevning qo'lidan oshxona pichog'ini tortib olib, unga og'ir tan jarohati etkazgan. Jamshid Kenjaev Yunusobod tumanidagi 7-sonli ShKShga yotqizilib, tez tibbiy yordam ko'rsatilsa-da, etkazilgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. 

Shu o'rinda, bir qator savollar paydo bo'ladi.

Birinchidan, jangchilar ruhiy barqarorlikka tayyorlanadimi? Katta ehtimol bilan, ularni «kuch bor - aql kerak emas» printsipi bo'yicha tayyorlashadi, mushaklar barcha muammolarni hal qiladi.

Ikkinchidan, bu faktlar ommaviy axborot vositalarida rasman e'lon qilindi. O'z navbatida, bu kabi hodisalar haqida o'z vaqtida xabar berib turgan tegishli huquq-tartibot idoralariga rahmat.

Ishonavering, bunday hodisalar viloyatlarda ham tez-tez yuz berib turadi. Ba'zan qandaydir «razborka»lar haqida etishib qolamiz - boks bo'yicha mahalliy chempion kimnidir kaltaklagani yoki mushtlashuvda qatnashgani haqida. Shu bilan birga, viloyat IIB ba'zi vakillari o'z kursilarini yo'qotib qo'yishdan qo'rqib, sukut saqlashni afzal ko'rishadi.

Uchinchidan, barcha jangchilarni ichki ishlar organlarining maxsus hisobiga olish vaqti keldi. Ular oddiy odamlar kabi o'zlarini tuta olmasalar, boshqa yana qilish kerak?! Bundan tashqari, har qanday holatda, professional jangchi bilan duch kelgan kishi, eng kamida, tan jarohati oladi. Hamma ham kuniga 8-10 soat davomida sport bilan shug'ullana olmaydi. Ko'pchilik kundalik ishlar bilan shug'ullanadi, tirikchilik qiladi va oilasiga qaraydi.

To'rtinchidan, bu sharmandalik. Xabarlar MDHning barcha davlatlariga tarqab ketdi. Ertaga ularni butun dunyo o'qiydi. Kecha ular O'zbekiston bayrog'ini g'urur bilan ko'targan bo'lsa, bugun biri pichoqbozlik qilmoqda, ikkinchisi bezorilik bilan band.

Ba'zi jangchilar qachongacha o'zini shu tarzda tutishi esa, hozircha javobi yo'q savolga aylandi.

Manba: kun.uz

. WapUsta
10.08.2018 / 14:45
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: