Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Namangandagi qurilish ob'ektidan odam bosh suyaklari topilgan
MUHARRIR: WapUsta

28 FEVRAL, 11:35 / KO'RILDI: 50

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar Chorsu dehqon bozori ro'parasidagi qurilish hududidan odam bosh suyaklari topilganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Hududdagi G'ishtko'prik MFY raisining o'sha erlik muxbirlardan biriga bergan ma'lumotlariga ko'ra, hududdan oqib o'tuvchi kanal atrofiga o'tgan shanba va yakshanba kuni qurilish ob'ektlaridan olingan tuproqlar to'kilgan. Bu haqda Darakchi gazetasida bayon yozilmoqda.

Mahalla raisi muxbir guvohligida hududni ko'zdan kechirib, pastlikka tushib bir dona kalla suyagini topib chiqqan va bunday suyaklar 5-6 ta ekanligini bildirgan. Ammo shu vaqtgacha hech kim tegishli tashkilotlarga murojaat qilmagan. Voqea joyiga uchastka inspektori ham etib kelgan.

Shuningdek, Chorsu dehqon bozori ro'parasi, Joziba do'koni orqasidagi bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan manzilda ham odam bosh suyaklari topilgan.

Quruvchilarning malum qilishicha, qurilish ishlari boshlanganidan buyon bunday bosh suyaklari juda ko'p topilgan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!