Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:07
LoginA'zo bo'lish
Xonanda Jasur Umirov ishi bo'yicha tergovchiga hayfsan, IIB boshlig'iga tanbeh berildi

 22 APREL, 10:20 97

.

Qo'shiqchi J.U.ga nisbatan to'plangan hujjatlar bo'yicha dastlabki qaror qabul qilgan xodimlar harakatiga baho berildi. Bu haqda Samarqand viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Voyaga etmagan Sh.M.ni majburlab nomusiga tekkanligi holati yuzasidan J.U.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishi, JIB Kattaqo'rg'on shahar sudida mazmunan ko'rilib, sudning 02.02.2021 yildagi hukmi bilan J.U. va boshqalar  aybdor deb topilib, ularga nisbatan sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi.   

Jinoyat ishi tomonlarning shikoyati asosida Samarqand viloyat sudi tomonidan appelyatsiya tartibida ko'rib chiqilib,  hukm kuchida qoldirilgan.

Voyaga etmagan Sh.M.ning nomusiga tekilganligi holati bo'yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o'tkazgan Kattaqo'rg'on tuman IIB huzuridagi TB tergovchisining harakatlari bo'yicha Kattaqo'rg'on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o'tkazilib, tergovchi dalillarni sohtalashtirmaganligi, ko'rsatuvlarni o'zgacha tarzda qayd etmaganligi, tergovga qadar tekshiruv harakatlarida ishtirokchilarning ko'rsatuvlarini o'zlarining so'zlaridan yozib olganligi aniqlangani sababli, unga nisbatan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish haqida qaror qabul qilindi.  

Biroq, u holat bo'yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun dalillarni to'plash, tekshirish va baholashda kamchiliklarga yo'l qo'yganligi sababli unga nisbatan viloyat IIB boshlig'ining buyrug'i bilan "Xayfsan" intizomiy jazosi qo'llanilgan.

Shuningdek, mazkur holatda idoraviy nazoratni etarli darajada taminlamagan Kattaqo'rg'on tuman IIB TB boshlig'iga  "Xayfsan", tuman IIB boshlig'iga “Tanbeh” intizomiy jazosi qo'llanilgan.

Viloyat IIB TB boshlig'ining o'rinbosari lavozimdan ozod qilinganligi bilan chegaralanilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™