Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:16
LoginA'zo bo'lish
Qirg'iziston: 50 gektar erning O'zbekistonga berilishiga aholi qarshi chiqdi

 22 APREL, 04:05 111

.

19 aprel kuni Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisi va davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo'yicha Qirg'iziston delegatsiyasi rahbari Qamchibek Tashiev O'sh viloyatining Qora-Suv tumani aholisi bilan uchrashgan. Ular Kampirravot suv ombori yaqinidagi 50 gektar erni O'zbekistonga berilishiga qarshi chiqishgan. Qayd etilishicha, uchrashuvga yuzlab odamlar kelgan.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda Kampirravot suv ombori yaqinida joylashgan Savay qishloq okrugi aholisi hokimiyatning 50 gektar erni O'zbekistonga o'tkazish to'g'risidagi qaroridan norozi bo'lgan. 

“O'zbekiston allaqachon 50 gektardan 20 gektarini o'rab olgan. Men ularga [O'zbekistonga] 50 gektar maydonning hammasini o'rab olmaslikni taklif qilaman. Men 50 gektarni emas, balki ular allaqachon o'ralgan 20 gektarni [suv ombori yaqinida] almashtirishni taklif qilaman. Endi men O'zbekistonga boraman va ushbu variantni taklif qilaman... Agar biz bu erdan 20 gektar beradigan bo'lsak, unda boshqa joyda - O'zgan tumanida - 20 gektarni olamiz. Faqatgina hududlar almashinuvi bo'ladi... Biz Toshkentdagi hamkasblarimiz bilan kelishishga harakat qilamiz», — degan Qamchibek Tashiev.

Uning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston suv omborining xavfsizligini ta'minlash uchun ushbu erni so'ragan. 16 aprel kuni Qora-Suv tumani Intimak qishlog'ining 100 ga yaqin aholisi Kampirravot suv ombori yonida o'tovlar qurib, Tashievni ularning oldiga kelishini talab qilgan. 23 mart kuni Toshkentga kelgan Qamchibek Tashiev Qirg'iziston va O'zbekiston barcha chegara masalalarini 100% hal qilganini aytgan edi.

O'zbekiston bilan kelishuvga binoan Qirg'iziston quyidagi erlarni olgan:

Ko'k-Serek uchastkasida 105 gektar; Bayastan uchastkasida 212 gektar; Oq-Tosh uchastkasida 100 gektar; ilgari Qirg'izistondan O'zbekistonga o'tgan Qora-Beles uchastkasidagi 25 ming gektar qaytarib berilgan; Unqur-Too tog'ida 35 gektar.

Buning evaziga Jalolobod viloyatidagi Orto-Tokoy suv ombori butunlay O'zbekistonga o'tdi. Ikki tomonlama muzokaralar natijasida Qirg'izistonga Orto-Tokoydagi suvning 5 foizidan foydalanishga ruxsat berildi.

Hozir Qirg'iziston hududida to'rtta – So'x, Shohimardon, Cho'ngara va Toshtepa o'zbek anklavlari mavjud. O'zbekiston hududida esa to'rt kvadrat kilometr maydonga ega bo'lgan Barak qirg'iz anklavi bor.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™