Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:57
LoginA'zo bo'lish
Anhor kanalida noma'lum erkakning jasadi topildi

 21 APREL, 17:35 88

.

Joriy yil 20 aprel kuni tushlik vaqtida Xalq ta'limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova hamkasbi bilan sayr qilib yurgan vaqtida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak mahallasidan oqib o'tuvchi Anhor kanalida noma'lum erkak jasadi oqib ketayotgani guvohi bo'lgan va darhol bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Bosh prokuratura Matbuot xizmatiga ma'lum qilgan.

Voqea joyiga etib borgan Shayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruh tomonidan murdani ko'zdan kechirish jarayonida unda kuch ishlatish holatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan.

Surishtiruv harakatlari davomida joriy yil 21 aprel kuni qo'l barmoq izlarini tekshirish orqali murdaning shaxsi aniqlangan.

Marhumning o'limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™