Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:39
LoginA'zo bo'lish
Gulnora Karimovaning qizi O'zbekistonga qaytdi (FOTO)

 21 APREL, 16:45 150

.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimovaning nabirasi Imon Karimova O'zbekistonga qaytdi. Bu haqda u o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan. 

Londonda tahsil olib, istiqomat qilib kelayotgan Imon Karimova Samarqandga borib, bobosi Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan. U Instagram’dagi sahifasiga qabrtosh ustiga gul qo'yayotgan yigit suratini joylashtirgan. 


Gulnora Karimovaning qizi O'zbekistonga qaytdi (FOTO)
Gulnora Karimovaning qizi O'zbekistonga qaytdi (FOTO)
Gulnora Karimovaning qizi O'zbekistonga qaytdi (FOTO)
Gulnora Karimovaning qizi O'zbekistonga qaytdi (FOTO)

Shuni alohida ta'kidlab o'tish o'rinliki, Islom Karimov qabri joylashgan maqbara ichiga maxsus mehmonlardan tashqari boshqa ziyoratchilarning kirishi taqiqlangan. Imon Karimova bilan maqbara ichiga kirgan yigit Karimovlar oilasiga kim bo'lishi esa noma'lum. 

Shuningdek, Imon Karimova Islom Karimovning Samarqand shahrida joylashgan shaxsiy hovlisiga ham borgan. 

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™