Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:41
LoginA'zo bo'lish
Amerika Konstitutsiyasining birinchi nusxasi auktsionga qo'yildi

 21 APREL, 09:05 82

.

13 ta Amerika shtatlari konfederatsiyasi davridagi frantsuz tilidagi Amerika konstitutsiyasining birinchi nusxasi 27 aprel kuni Ruminiyaning Artmark kim oshdi savdosida sotuvga qo'yiladi. Kim oshdi savdosida ushbu konstitutsiyaning boshlang'ich narxi kollektsionerlar va bibliofillar uchun 1,5 ming evroni tashkil etishi aytildi.

AQSh Konstitutsiyasi 1787 yil 17 sentyabrda Filadelfiyadagi Konstitutsiyaviy konventsiyada qabul qilingan va keyinchalik Amerikaning o'n uchta shtati tomonidan ratifikatsiya qilingan. U etti moddadan iborat bo'lib, keyinchalik unga qo'shimcha kiritilgan.

XVIII asrda Gertsog Lui Aleksandr de La Rochefoucauld «Amerikaning o'n uchta Qo'shma Shtatlari Konstitutsiyasini» Benjamin Franklin uchun frantsuz tiliga tarjima qilgan. Konstitutsiyaning frantsuzcha shakli 1783 yilda 600 nusxada nashr etilgan.

Artmark auktsion uyi 2008 yilda Ruminiyada ochilgan. U san'at asarlarini sotish va Ruminiya san'atini targ'ib qilish bilan shug'ullanadi. Auktsion uyida yuzlab kim oshdi savdosi, shu jumladan xalqaro savdolar bo'lib o'tdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™