Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:04
LoginA'zo bo'lish
"COVID-19"ning o'ta og'ir kechishini oldindan aniqlash sababi topildi

 21 APREL, 07:05 84

.

Italiya va avstraliyalik bir guruh olimlar koronavirus og'ir kechishi va o'lim bilan tugashiga sabab bo'ladigan sababni topishdi.

Olimlar 2020 yilning yanvar oyidan boshlab dekabr oyiga qadar 5617 nafar bemorlarda olib borgan kuzatuvlari natijasida 19ta ilmiy ish yozishgan. Ushbu tadqiqotlar natijasi International Journal of Infectious Diseases jurnalida chop etilgan.

Barcha tadqiqotlar natijasi umumlashtirilganda, COVID-19 og'ir kechish yoki o'lim bilan tugagan bemorlarda zardobli amiloid A (serum amyloid A) yoki SAA miqdori keskin ko'payishi kuzatilgan.

Olimlar aytishiga qaraganda, kasallik engil kechgan bemorlarga nisbatan ushbu bemorlarda birinchi 24-48 soat ichida SAA miqdori 1000 barobar oshib ketishi kuzatilgan.

Professor Arduino Mangoni (Arduino A. Mangoni), aytishiga qaraganda zardobli amiloid A jigarda paydo bo'ladi va sog'lom kishi qon zardobida uning miqdori 20-50 mg/l bo'ladi. Kasallikning birinchi va o'tkir bosqichida, tana harorati oshishi va boshqa gormonal o'zgarishlar qatorida SAA miqdori ham oshadi.

Lekin SAA miqdori keskin oshgan bemorlarda tsitokin shtormi yoki gipertsitokinemiya ham sodir bo'lishi mumkin. Bu esa o'z navbatatida kasallikning o'ta og'ir kechishiga olib keladi. Bunday bemorlarda yallig'lanish holatlari oshishi, qon quyulishi, o'pka, yurak va jigarlar og'ir jarohatlanishi kuzatilgan.

SAA miqdori keskin oshishi, aksariyat hollarda, ortiqcha vaznga ega bo'lgan, qandli diabetga chalingan, surunkali yurak-qon tomir kasalliklari bor bo'lgan bemorlarda kuzatilgan.

Yuqorida o'tkazilgan ilmiy ish va xulosalarning asosiy foydasi shundaki - SAA miqdori ko'rsatgichi orqali, COVID-19 og'ir kechishini oldindan aniqlab davolash muolajalarini tezroq va aniqroq belgilash mumkin, - deyilgan xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™